Italiyada chempionat bekor qilinishi xavfi ostida qolmoqda

Mirjalol Normatov
8 mar 2020, 17:57
Bugun A Seriya doirasidagi "Parma" - SPAL uchrashuvi o'z vaqtida boshlanmadi.

Italiya futbol federatsiyasi hali ham mamlakat sport vazirining talabini bajarmayapti. Ushbu uchrashuv soat 16:30da start olishi kerak edi. Futbolchilar o'yin oldi mashg'ulotlarini ham o'tkazishgandi. Biroq hukumat vakili Vinchenco Spadafori kelib, o'yinni to'xtatdi. U ushbu mavsumdagi barcha o'yinlarni bekor qilinishi kerakligini talab qildi.

Jamoalar kiyinish xonasiga qaytib ketishdi. Uchrashuv to'xtatildi. Italiya futbol federatsiyasi vakili ham o'yinga tezkorlik bilan yetib keldi va qaror qabul qilindi: chempionat davom ettiriladi.

Uchrashuv 17:45da start oldi. O'yinni birorta ham muxlis tomosha qilmayapti.

Futbol federatsiyadagilar hali ham o'z qaroridan qaytmagan va sport vaziri bilan chempionatni to'xtatish va bekor qilish borasidagi muzokaralarni o'tkazmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport