Italiyada 18 maydan keyin jamoaviy mashg'ulotlarga ruxsat berishadi

Mirjalol Normatov
11 may 2020, 23:42
Italiyada jamoaviy mashg'ulotlarga ruxsat berish borasida bir qarorga kelishdi.

Qayd etilishicha, bir haftadan keyin, yani, 18 may kunida A Seriya jamoalari jamoaviy mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.

"Qo'mita hukumatning barcha protokollarini to'ldirgan holda vazirlik va tibbiy uyushma bilan birga bir qarorga kelib bo'ldi.

Qo'mitaning qarori qatiy va shikoyatga o'rin bo'lmasligi kerak. Yaqin vaqtlar ichida 18 may kunidan boshlanadigan mashg'ulotlar uchun bir qancha ko'rsatmalarni klublarga taqdim qilamiz", - dedi sport vaziri Vinchenco Spadafora.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Mediaset