Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ma'lum

Alisher
14 avg 2023, 08:12
Italiya futbol federatsiyasi Roberto Manchini bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Italiya terma jamoasini boshqarish uchun Antonio Konte va Luchano Spalletti asosiy da'vogarlar sanaladi. 

Konte 2014-2016 yillarda Italiya terma jamoasini boshqargan va “Tottenxem”dan ketganidan so'ng jamoasiz yuribdi. Spaletti esa o'tgan mavsum “Napoli”ni chempion qilganidan so'ng iste'fo bergandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport