Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohati sababli Evro-2024'dagi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
14 iyun 2024, 01:32
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Fajoli Yevropa chempionati boshlanishidan oldin jarohat oldi.

“Yuventus” futbolchisi Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat oldi. Shu tariqa, “Skuadra Adzurra” murabbiylar shtabi 23 yoshli yarim himoyachini Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Albaniya terma jamoasiga qarshi o'yin uchun tarkibga kirita olmaydi. Uchrashuv 15 iyun kuni bo'lib o'tadi. 

Nikolo Fajoli Italiya terma jamoasi safida uchta o'yin o'tkazgan. Eslatib o'tamiz, futbolchi pul tikish bilan bog'liq uzoq muddat diskvalifikaciya tufayli yakunlangan mavsumning muhim qismini o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Italia