Italiya superkubogi ushbu mamlakatda o'tkazilmaydi

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022
Superkubok uchun kurashda milanning ikki jamoasi - "Milan" va "Inter" kuch sinashadi.

Italiya superkubogi uchun o'yin o'tkaziladigan joy va sana tasdiqlandi.

Mazkur o'yin 18 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti keyinroq e'lon qilinadi.

"Inter" o'tgan mavsum Turinda "Yuventus"ni mag'lub etib, superkubokni qo'lga kiritgandi.

Ushbu sovrin uchun bahsda "Milan" Italiya chempioni, "Inter" esa mamlakat kubogi sohibi sifatida ishtirok etadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia