Italiya superkubogi boshqa sanaga ko'chirilmaydi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2021, 21:28
Italiya superkubogi uchun o'tkaziladigan o'yin taqdiri nihoyat hal bo'ldi. So'nggi paytlarda ushbu bahsning qoldirilishi yoki bekor qilinishi haqida ko'plab mish-mishlar tarqalgandi, ammo o'yin o'z vaqtida o'tkaziladigan bo'ldi.

Mish-mishlarga koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko'payishi sabab bo'ldi. Bundan tashqari, stadion sig'imi chegarasining 75 foizdan 50 foizga tushirilishi chiptalar daromadiga (minus 1,5 million evro) ta’sir qiladi.

Biroq A Seriya rahbariyati mamlakat chempioni "Inter"ning kubok sohibi "Yuventus"ga qarshi "San-Siro"da 12 yanvar kuni belgilangan vaqtda o'ynashini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, ikkala klub ham mavsum yakunida ushbu o'yinni qoldirish tarafdori edi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia