Italiya “Fluminense”ni mag'lub etdi, Fransiya Yamaykaga 8 ta javob gol urdi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2014, 07:30
JCH-2014ga so'nggi tayyorgarlik bosqichini davom ettirayotgan Fransiya va Italiya terma jamoalari navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.
 Uchranglilar Yamayka terma jamoasi darvozasiga javobsiz 8 ta to'p kiritishdi. “Gran Stad Lill-Metropol” stadionida kechgan o'yinda Matyuidi, Grizmann va Karim Benzema dublga erishishdi.

Italiya terma jamoasi esa Braziliyaning “Fluminense” klubidan 5:3 hisobida ustun keldi. Immobile xet-trikka erishgan bo'lsa, Insine dubl qayd etdi.  

O'RTOQLIK UCHRASHUVI

ITALIYA – FLUMINENSE – 5:3 (2:2)

Italiyaning gollari: 1:0 – Insine (23), 2:1 – Immobile (31), 3:2 – Immobile (53), 4:2 – Immobile (54), 5:2 – Insine (55).

Italiya: Perin – Abate, Paletta, Ranokkiya, Darmian – Parolo, Akvilani, Tiago Motta – Insine, Chersi, Immobile.


FRANSIYA – YAMAYKA  8:0 (3:0, 5:0)

9 iyun, 00.00. “Gran Stad Lill-Metropol”

Gollar: 1:0 – 17 Kabay, 2:0 – 20 Matyuidi, 3:0 – 38 Benzema, 4:0 – 53 Jiru, 5:0 – 63 Benzema, 6:0 – 66 Matyuidi, 7:0 – 77 Grizmann, 8:0 – 89 Grizmann.

Fransiya – Loris, Debyushi (Sanya, 46), Varan, M. Sako, Evra, Sissoko, Matyuidi (Pogba, 72), Valbuena (Remi, 80), Kabay (Mavuba, 59), Jiru (Grizmann, 71), Benzema (Shnayderlin, 86).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com