Italiya FF prezidenti: Umid qilamanki, Prandelli JCH-2014 dan so'ng ham biz bilan qoladi

Aziz Tukhtamuradov
3 mar 2014, 19:36
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Djankarlo Abete milliy terma jamoa bosh murabbiyi Chezari Prandellini qo'yib yuborish niyatida emas.

“Umid qilamanki, Prandelli qoladi. Barchasi Ispaniya bilan bahsdan so'ng aniq bo'ladi.

Biz Chezarining faoliyatidan mamnunmiz. Uning qayd etayotgan natijalari bizni qoniqtiradi. Agar uning o'zi ketishni xohlaydigan bo'lsa, xar qanday holatda ham uning qarorini hurmat qilamiz”, - deb aytib o'tdi Abete. 

Avvalroq esa, Prandelli JCH dan so'ng terma jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning o'rniga esa Massimiliano Allegri va Alberto Zakkeronilar nomzodi ilgari surilayotgan edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru