Italiya. Buffon - o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, Sarri - eng yaxshi murabbiy

Narzulla Saydullayev
28 noya 2017, 09:40
"Yuventus" posboni Janluiji Buffon 2016/17 yilgi mavsum Italiyada eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Buffon Milan shahridagi gala marosimida ushbu sovrinni qabul qilib oldi.

"Napoli" ustozi Maurisio Sarri mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning sovrinini klub prezidenti Aurelio de Laurentis qabul qildi.


Bundan tashqari mavsumning ramziy terma jamoasi ham e'lon qilindi. 

Darvozabon -  Janluiji Buffon (Yuventus)
Himoyachilar -  Dani Alves, Leonardo Bonuchchi, Aleks Sandro (barchasi - Yuventus), Kalidu Kulibali (Napoli)
Yarim himoyachilar -  Miralem Pyanich (Yuventus), Radja Nainggolan (Roma), Marek Xamshik (Napoli)
Hujumchilar -  Dris Mertens (Napoli), Gonsalo Iguain, Paulo Dibala (ikkisi - Yuventus)

O'tgan mavsumda "Yuventus" chempion bo'lgandi. "Roma" ikkinchi, "Napoli" uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. 29ta gol urgan Edin Jeko ("Roma") to'purar bo'lgandi.

39 yoshli Janluiji Buffon o'tgan mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib 24ta gol o'tkazdi va 13ta "quruq o'yin" o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net