Italiya A Seriyasi Superkubok o'yini Qatarda bo'lishini tasdiqladi
Narzulla Saydullayev
31 okt 2014, 08:28
Italiya A Seriyasi mamlakat Superkubogi uchun bahs Qatarda bo'lib o'tishini tasdiqladi.
"Yuventus" va "Napoli" o'rtasidagi bahs 22 dekabr kuni Doxadagi "Jassim Bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22.00da boshlanadi.