Italiya A seriyasi. “Inter” safarda “Jenoa”ga yutqazdi, Ranokkiya avtogol muallifiga aylandi

18 fev 2018, 03:18
Italiya A seriyasining 25-turida “Jenoa” o'z uyida “Inter”ni qabul qildi.

Genuadagi “Luiji Ferraris” stadionida o'tgan bellashuvning 45-daqiqasida neradzurilar himoyachisi Andrea Ranokkiya o'z darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda “Inter”ning sobiq futbolchisi, ayni paytda “Jenoa” sharafini himoya qilayotgan Roan Pandeev oradagi farqni ikkitaga oshirdi -2:0.

Ushbu g'alabada keyin “Jeno” 31 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Inter” 48 ochko jamg'arib 4-pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia