Italiya. 3-tur yakunlandi. "Roma" ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishdi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2013, 08:11
Italiya A seriyasida 3-turning oxirgi o'yini kecha bo'lib o'tdi.
"Parma" o'z maydonida Rimning "Roma" klubini qabul qilib 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Takidlash lozimki, maydon egalari birinchi bo'limda hisobda oldinda borishayotgandi.  "Roma" uchta o'yinda uchta g'alabaga erishib musobaqa jadvalini "Napoli" bilan birga boshqarib bormoqda. 

Parma – Roma 1:3 (1:0, 0:3)
16 sentyabr, Ennio Tardini
Gollar:
1:0 – 39 Biabiani (Kassani), 1:1 – 47 Florenci (Pyanich), 1:2 – 70 Totti (Strotman), 1:3 – 85, penalti Strotman (Jervino).
Parma – Mirante, Kassani, A. Lukarelli, Gobbi (Mesba, 90), Felipe, Parolo, Gargano, Biabiani (Sansone, 77), Markonni, Amauri (Okaka Chuka, 68), Kassano.
Roma – De Sanktis, Maykon, Benatiya, Kastan, Balcaretti, Florenci (Markino, 68), Strotman, Lyayich (Jervino, 54), De Rossi, Pyanich, Totti (Borrello, 76).
Ogohlantirishlar: A. Lukarelli (41), Kassano (50), Kassani (84), Gargano (90).
   

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia