"Istiqlol" jamoasi PRO-Ligada faoliyatini davom ettiradi

Alisher
29 sen 2020
Yaqinda o'z faoliyatini to'xtatgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi qayta tiklanadigan bo'ldi.

Xabaringiz bor, kuni-kecha Farg'ona viloyati hokimi o'zgardi. Bir necha yillar davomida Namangan viloyati hokimi lavozimid ishlab kelgan Xayrullo Bozorov aftidan Farg'onadagi ilk ishini "Istiqlol" jamoasini tiklash bilan boshlagan ko'rinadi. 

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa rahbariyati yangi hokim bilan uchrashib, maqsadlarini tushuntirgan va yakunda bu masala ijobiy xal etildi. Shu tariqa bugun "Istiqlol" jamoasi o'z qarorgohida yig'iladi va chempionatdagi ishtirokini davom ettiradi. Aytishlaricha endilikda jamoa uy o'yinlarini Farg'onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, bungacha jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Sergey Lebedev yaqinda o'zi uchun qadrdon bo'lib qolgan "Neftchi" murabbiylar shtabida faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari jamoaning 6 nafar asosiy futbolchisi o'ziga yangi jamoa topishga ulgurgandi. Umid Qodirov ("Turon"), Fayzullo Jumanqo'ziev ("Buxoro"), Umar Adxamzoda, Rustam Abduhamidov ("Neftchi"), Mo'ydin Mamazulunov ("Oq-Tepa"), Ulug'bek Xudoyberdiev ("Dinamo") shular jumlasidandir.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia