"Istiqlol" futbolchisi Hoshim Shokirov: "Biz ochiq futbol o'ynashni xohlaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2017, 17:04
"Istiqlol" futbolchisi Hoshim Shokirov "Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.

"O'yinda hujum qilib tinmadik. Raqiblarimizning himoyaga yotib olishi, bizning o'yinimizni qiyinlashtirdi. Ammo futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi. Biz ochiq futbol tarafdorimiz.

Yo'q, yo'q kelishilgan o'yin deysizmi(samimiy kulib). Biz faqat futbol o'ynash tarafdorimiz. Barcha g'alabarga o'z mehnatimiz bilan erishganmiz.

Keyingi uchrashuvlar maydonimizdaligi hech narsani anglatmaydi. Aksincha elkamizdagi masulyatni ikki barobarga oshiradi. Kim asli kim ekanligini ko'rsatish vaqti keldi. Istiqlolning ochilmagan qirralari ko'p!", - deydi futbolchi.

Behruz Xolikov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia