

Mehmonlarni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i I.Tojiboev, viloyat futbol federatsiyasi 1-vice prezidenti A.Musulmonov, Jizzax shahar xokimining investiciya va turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha o'rinbosari SH.Ibragimov kutib oldi.
Tashrif davomida mehmon viloyatda futbolga yaratilgan shart-sharoitlar, viloyat futbol federatsiyasi, "So'g'diyona" PFK faoliyati, sport maktablar va futbol maktab-internati faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, viloyatdagi mavjud sport muassasalari rahbarlari, futbol maktab internat murabbiylari va tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv va mahorat saboqlari o'tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmon murabbiylar va sportchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ispaniya va Yevropaning o'ziga tanish futbol federatsiyalari faoliyati to'g'risida, selekciya va jamoalarni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik, futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida gapirdi.



