


Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida juma kuni Tokioda jurnalistlarga bergan intervyusida milliy terma jamoaning Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yindagi tarixiy g'alabasi haqida to'xtaldi.
"Ispaniyaga qarshi uchrashuvda tarixiy g'alabaga erishildi. Bu xalqimizga shijoatli bo'lishni singdirdi", – dedi hukumat rahbari.



