Ispaniya Superkubogi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

13 yanv 2020, 01:50
Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi yakunlandi.

Saudiya Arabistonida o'tkazilgan musobaqaning finalida Madrid derbisi guvohiga aylandik. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar doim keskin va murosasiz o'tishidan xabaringiz bor. Bu galgisi ham bundan mustano bo'lmadi. 120 daqiqa mobaynida darvozalarga to'p kiritilmagach uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. 11 metrlik nuqtadan "qirollik klubi" a'zolari adashishmadi. Karvaxal, Rodrigo, Modrich va Ramos zarbalarni aniq amalga oshirishdi. "Matraschilar"dan Saul hamda Tomas Parti birinchi va ikkinchi zarbalardan unumli foydalana bilmadi. Natijada "Atletiko" to'rtinchi penaltini yo'llashiga zarurat qolmadi. Shu tariqa "Real" qiyin kechgan uchrashuvda "Atletiko" ustidan g'alaba qozondi.

Real Madrid – Atletiko 0:0 (penaltilar seriyasi 4:1)

12 yanvar, 23.00, King Abdullah Sports City

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83).

Atletiko – Oblak, Ximenes (Savich, 98), Tripper, Felipe, Lodi (Lorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata.

penaltilar seriyasi:

1:0, 1:1, 2:1, 3:1, 4:1.

ogohlantirishlar:

Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Ximenes (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).

Chetlatish:

Valverde (115).


Manba: championat.asia