Ispaniya futbol federatsiyasi rahbarining amakisi jiyanini korrupsiyada ayblamoqda. Uning fikricha, rahbar byudjet pullarini qizlarga va kuzatuvlarga sarflagan

Alisher
17 sen 2022, 13:06
Taxtlar o'yini.

Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales navbatdagi mojaro markazida. Bahorda El Confidential nashri Luis va Jerar Pike o'rtasidagi muzokaralarni chop etgan edi: o'shanda gap Ispaniya Superkubogining Saudiya Arabistonida o'tkazilishi va uning ortidan "Barselona" himoyachisining Kosmos nomli kompaniyasi qancha pul olishi haqida gap ketgan edi.


El Confidential iyun oyida yana bir ma'lumotni oshkor qildi - 2019 yil o'sha payt "Real"da o'ynagan Serxio Ramosning Rubialesga yuborgan xabarlar rasshifrovaksi. U biznes haqida esa, mukofotlar haqida gapirgan - mavsum so'nggida "Oltin to'p" uchun kurashda yorrdam so'ragan. Agar Luis nimadir qilgan bo'lsa ham, bu yordam bermadi, sababi Ramos nomzodlar ro'yxatiga ham kiritilmadi.



Ammo, bu safar Rubialesning vaziyati ancha jiddiyroq.


Luisning amakisi uni federatsiya pulini kechki bazmlarda va detektivlar uchun sarflashda aybladi


Rubiales Granada yaqinidagi uyga 8-10 nafar yosh qizlarni taklif etgan xususiy kechki bazm uyushtirishda ayblanmoqda. Muhim ish tadbiri sifatida bayram uchun pul federatsiya hisobidan to'landi. El Mundo'ning yozishicha, Rubiales uchun qizlarni o'tmishdagi mashhur ispaniyalik futbolchi buyurtma qilgan.


Federatsiya prezidentini uning amakisi ayblamoqda - 2020 yilda u kutilmagan tarzda rahbarlar shtabidan iste'foga chiqarilgan. Xuanning aytishicha, Luis undan federatsiya hisobidagi pullarni ehtiyotkorlik bilan echib olish yo'lini topishni so'ragan, shundan so'ng rad javobi va iste'fo.


Xuanning qo'shimcha qilishcha, Luis Futbolchilar assotsiatsiyasi rahbari Davido Aransoni kuzatish uchun shaxsiy detektivlarni yollagan - buning uchun ham Ispaniya federatsiyasi sho'ba korxonasi to'lagan.


Ispaniya futbol federatsiyasi barcha ayblarni inkor qilmoqda



Rasmiylar ayblovlarga tezlik bilan javob qaytarishdi:


"Federatsiya Xuan Rubialesning barcha bayonotlarini qatiyan rad etadi. Bu sobiq xodim tomonidan Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentining obro'sini tushirish uchun qilingan yolg'on va manipulyaciyadir.


Federatsiyaning har bir xodimi Granadada yashash uchun har doim to'liq pul to'laydi - jumladan oldin Xuan Rubiales ham shunday qilgan. Federatsiya xodimlari hech qanday qoidabuzarliklar qilishmagan. Federatsiya faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan masalalarga bir evro ham sarflanmagan.


Jiddiy bayonotlarga qaramay, davlat idoralarining birortasiga dalillar keltirilmadi. Bu so'nggi oylarda prezidentni obro'sizlantirish kampaniyasining so'nggi bosqichidir".


Luis Rubiales kim o'zi?


Luis 2018 yilning 18 mayida Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentiga aylandi - va ishni "Real" bilan sirli muzokaralar ortidan JCH-2018 boshlanishiga bir necha kun qolgan terma jamoadan Xulen Lopetegini iste'foga chiqarish bilan boshladi.



Rubiales huddi bu rollar uchun tug'ilganga o'xshaydi. U o'yinchilik faoliyatini 32 yoshda yakunladi va darhol boshqaruvga o'tdi. Bu kutilgan edi: Rubiales 2008 yildayoq "Levante" rahbariyatiga maoshlar bo'yicha katta qarzlar sabab asosiy tarkibning ish tashlashi bilan tahdid qildi va oddiy o'yinchidan ko'ra advokatga o'xshardi.


"Ish tashlash - bu ham bir vosita, hatto eng keskin va so'nggi qadam bo'lsa ham. Biz o'z qonuniy huquqlarimiz uchun kurashishimiz kerak. Bunday ishlar doimo yoqimsiz, ammo biz muxlislarga tushunganliklari va qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiramiz", - dedi Rubiales.


Luis futbolchilar assotsiatsiyasi rahbari sifatida tizimni o'zgartirishni boshladi va ispan futbolidagi ta’sirini oshirdi. Unda Ispaniya chempionatining media huquqlarini amalga oshirish borasidagi yangi qonunga uchta shikoyati bor edi - La Liga rahbari Xaver Tebas esa Rubiales qoidalari bo'yicha o'ynashiga to'g'ri keldi. O'sha mojaro hali ham Ispaniyada o'z ta’sirini o'tkazmoqda - Tebas va Rubiales hali ham bir-biriga toqat qila olmaydi.



"Tebas men bilan federatsiya kuchli bo'lishini tushunadi. Biz soyada qolganlarga yordam berishimiz kerakligiga ishonchim komil. Kim yulduzlar haqida o'ylasa, tezda o'z ajdodlarini unutadi. Xitoy haqida o'ylash yaxshi va to'g'ri, ammo birinchi navbatda ispan muxlislari uchun qayg'urish kerak. La Liga esa federatsiya vakolatlarini tortib olishga urinayotgani to'g'ri emas".


Endigi janjal esa aniq Rubiales foydasiga emas.


Alisher Ostonov tarjimasi


AlisherMuallif
Manba: championat.asia