Ispaniya – finallar qiroli

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023, 16:24
Ispaniya klublari boshqa mamlakatlar jamoalariga qarshi evrokuboklar finalida ketma-ket 18 marta g'alaba qozonishgan.

Oxirgi mag'lubiyat 2001 yilda qayd etilgan.

Kecha Yevropa Ligasi hal qiluvchi o'yinida "Sevilya" "Roma"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etdi.

2000/01 yilgi mavsumda "Bavariya" Chempionlar Ligasi finalida "Valensiya"ni, UEFA Kubogi finalida "Liverpul" "Alaves"ni mag'lub etgandi. O'shandan beri (2001/02 yilgi Chempionlar Ligasida "Real"ning "Bayer"ga qarshi o'yinidan boshlab) ispan klublari boshqa chempionatlar jamoalariga qarshi 18 uchrashuvning barchasida g'alabaga erishishgan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports