Ispaniya va Argentina o'rtasidagi JCH-2026 finali hakamlari ma'lum bo'ldi

17 iyul 2026, 07:53
2026 yilgi jahon chempionatining Ispaniya - Argentina o'rtasidagi final uchrashuviga hakamlar tayinlandi.

Bu haqda FIFA o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Ispaniya - Argentina uchrashuvini sloveniyalik hakamlar boshqarib boradi. Finalda Slavko Vinchich bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Tomaj Klanchnik, Andraj Kovachich yordam beradi. To'rtinchi hakam - Adxam Maxadme, zaxira hakami esa Moxammad Al-Kalaf. Har ikkisi Iordaniyadan.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda ispanlar Fransiyani 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, argentinaliklar Angliyadan ustun kelishgan edi - 2:1.


Manba: FIFA.com