Iskoni sotib olmoqchi bo'lgan klub endi 700 mln. evro to'lashi kerak

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 14:16
"Real" yarim himoyachisi Isko Alarkon "Qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim 5 yilga mo'ljallangan. Futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli juda katta. Endi uni xarid qilmoqchi bo'lgan klub "Real" bilan kelishmay, 700 mln. evro to'lab futbolchini sotib olishi mumkin. Tez orada "qaymoqranglilar" Isko bilan shartnoma uzaytirilganligi haqida rasmiy bayonot beradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS