Isko yanvarda "Sevilya"ga o'tishi mumkin. Lopetegining shaxsan o'zi unga qiziqmoqda

Alisher
1 dek 2020, 16:44
"Real" yarim himoyachisi Isko qishki transferlar oynasida "Sevilya"ga o'tishi mumkin.

Andalusiyaliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o'yinchini yanvarda o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Isko Lopetegi bilan Ispaniya terma jamoasida va "Real"da birga ishlagan.

28 yoshli o'yinchi "Real"ga 2013 yilda "Malaga"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv