Isko "Real"ni tark etishini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
30 may 2022
"Real" yarim himoyachisi Isko klubni erkin agent sifatida tark etishini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "qaymoqranglilar" 2013 yilda klubga o'tgan "Malaga"ning sobiq futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ispaniyalik yarim himoyachi "Qirollik klubi"idagi faoliyati davomida qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

"Real Madrid"dagi butun faoliyati davomida Isko 5 marta Chempionlar ligasida g'alaba qozongan va uch marta La Liga g'olibiga aylangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/isco_alarcon