Isko “Real”ni tark etib, “Siti”ga o'tishga tayyor

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 21:58
“Real” yarim himoyachisi Isko qishki transfer oynasi vaqtida jamoasi bilan xayrlashmoqchi, deya xabar bermoqda El Chiringuito.

Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoadoshlari bilan suhbatda “Real”ni tark etib, yanvarda “Siti”ga o'tisha tayyor. Albatta ingliz klubi uni o'z safiga ko'rishni istasa...

Ilgariro Isko va madridliklar ustozi Santyago Solari haqida kelishmovchilik kelib chiqqanligi xaqida xabarlar chiqqandi. La Liganing 13-turi doirasida “Eybar”ga (0:3) qarshi bahsdan keyin futbolchi murabbiy bilan qo'l berib kurishishdan bosh tortgandi. Shundan keyin Solari YCHL 5 – turi doirasida “Roma”ga qarshi bellashuvda futbolchini zaxirada qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” rahbariyati o'tgan yili yozda Iskoni sotib olishga uringandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito.