

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi "Qirollik klubi"dagi holatidan mamnun emas. Uning fikricha, Isko klubda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Futbolchi Premer-ligada to'p tepmoqchi, "qaymoqranglilar" rahbariyati va murabbiylar shtabi bu borada unga to'siq bo'lmoqchi emas. "Real"da uning o'rnini hozirda ijara asosida "Espanol"da o'ynayotgan Marko Asensio egallaydi.



