Isko "Real"dan ketishga qaror qildi. Klub xavbekni 60-70 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
21 noya 2020, 13:30
"Real" yarim himoyachisi Isko klubdan ketishga qaror qildi.

Ispaniyalik futbolchining agenti "qaymoqranglilar"ga mijozining xohishini bildirdi. "Real" ham 28 yoshli o'yinchini qo'yib yuborishga rozilik bildirdi.

Iskoning bunday qarorga kelishida murabbiy Zidan bilan og'ir munosabatlari va o'yin amaliyoti yetishmasligi sabab bo'lgan.

"Real" xavbekni 60-70 mln evroga sotishga tayyor. Iskoning shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca