Isko jamoadoshlaridan uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019
YCHL “Ayaks” qarshi javob uchrashuvi oldidan jamoa avtobusiga chiqishni istamagan “Real” futbolchisi Isko klubdoshlaridan uzr so'radi.

Gap shundaki, “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Santyago Solari “Ayaks”ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga Iskoni kiritmagani sabab ispaniyalik xavbek undan norozi bo'lgan. Shundan so'ng, Isko jamoa bilan avtobusda ketishni xohlamagan va klub bazasini o'z mashinasida tark etgan. Javob bahsi o'tkazilgan kuni esa u jarohatlangan yoki tarkibga kiritilmagan futbolchilar uchun ajratilgan maxsus joyda ham ko'rinish bermagan.

Iskoning o'zini bunday tutishi klub a'zolari va ”blankos” sardori Serhio Ramosning noroziligiga sabab bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi xatosini tan olib barchadan kechirim so'ragan.

Eslatib o'tamiz, YCHLning ketma-ket uch karra g'olibi “Real” o'z maydonida “Ayaks”ga yirik hisobda (1:4) mag'lub bo'lib, nim chorak finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca.com