Ishlar o'xshamadi. Suares "Yuventus"ga o'tmaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
15 sen 2020, 23:15
"Barselona" hujumchisi Luis Suares ushbu transferlar oynasi vaqtida "Yuventus"ga o'tmaydi.

"RAC 1" xabariga ko'ra, futbolchining transfer ishlari Italiya qonunchiligida belgilangan tartibga ko'ra yakuniga yetmaydi. Gap shundaki, A Seriyada o'ynaydigan har bir futbolchiga Italiya pasporti berilishi kerak. Biroq Suares 6 oktyabrga qadar ham mamlakat pasportiga ega chiqa olmaydi.

Shunga qaramasdan, Suares boshqa jamoaga ketishga tayyor turibdi. Unga boshqa klublardan takliflar bor. Oldinroq "Barsa" hujumchini ushbu transferlar oynasi vaqtida sotib yuborish uchun ishlarni davom ettirayotgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RAC 1