

"Givemesport.com" ma'lumotlariga qaraganda, "Arsenal" 25 yoshli futbolchining transferini juda qattiq xohlamoqda. O'z navbatida Isak ham jamoasini tark etib, YCHLda o'ynaydigan jamoaga o'tish niyatida. Oldinroq "Arsenal" futbolchi uchun 120 mln funt to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqalgandi.
Isakning xizmatlariga PSJ tomonidan ham qiziqishlar etarlicha. Biroq jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau forvardning kyetishini istamayapti.



