Irqchi muxlislar tufayli futbolchi maydonni yig'lab tark etdi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017, 16:29
Serbiya chempionatidagi "Rada" hamda "Partizan" o'rtasidagi bahs irqchilik tufayli ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi.

Mehmonlar hujumchisi Everton Luis bahs davomida irqchilik ruhidagi haqoratlandi, tribunaga esa uni haqoratlangan banner osildi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng futbolchi "Rada" ishqibozlariga nomaqbul ishora ko'rsatdi va bu futbolchilar o'rtasida ommaviy mushtlashuv keltirib chiqardi. Everton raqib muxlislarining bu ishlaridan xafa bo'ldi va yig'lab maydonni tark etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com