Iroq U-20 termasi ustozi: "Guruhimizda oson raqiblar yo'q"

Sherzod Nurmatov
28 fev 2023
Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Emad Muhammad ertaga start oladigan U-20 Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bu erga Iroq terma jamoasining sharafini himoya qilishga keldik. Guruhda oson raqiblar tushgani yo'q. Musobaqaning ilk uchrashuvini yaxshi o'tkazishimiz kerak. Umid qilamizki, 3 ochko qo'lga kiritamiz", – dedi iroqliklar ustozi.

- Iroqlik yosh yulduz Zidan Iqbolning turnirga chaqirilmagani nima bilan bog'liq?

- Musobaqa FIFA kunlarida o'tkazilmayapti. Shu sababli chaqira olmadik. Bizda Yevropada to'p tepadigan 15 nafardan ko'p o'yinchimiz bor. FIFA kunlarida ularni jalb qilishga harakat qilamiz. Yevropada mavsum davom etyapti, futbolchilar esa klublaridan ruxsat olishlari qiyin. 

- Bu turnirda Iroqdan nima kutish mumkin?

- U-20 Osiyo Kubogi biz uchun muhim turnir hisoblanadi. Qo'limizdan kelgancha to'p tepib, Jahon chempionatiga yo'llanma olishga harakat qilamiz. Men iroqlik ishqibozlardan bizni qo'llab-quvvatlashlarini iltimos qilaman. Shogirdlarimning salohiyati yuqori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia