Iroq chempionati. Murod Bobojonovdan debyut gol, Qosimov ham maydonni quruq tark etmadi

Iskandarov Abdulaziz
27 yanv 2026, 08:50
Kecha Iroq chempionatida 15-turga start berildi.

Ikki nafar hamyurtimiz to'p tepadigan "Amanat Bagdad" "Al Garraf" mehmoni bo'ldi. Darvozalarga 5 ta gol urilgan oqshomda omad mezbonlarga kulib boqdi (3:2). "Amanat Bagdad" safida Murod Bobojonov debyut golini urgan bo'lsa, Baxtiyor Qosimov penaltidan raqib darvozasiga to'p kiritdi. "Al Garraf"da nigeriyalik Kuku xet-trikka erishdi. 



Bog'dodliklar turnir jadvalida 20 ta jamoa orasida 13-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia