Iroq 12 yanvar kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Tarkibga 24 nafar futbolchi jalb qilindi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 12:53
Iroq terma jamoasi navbatdagi yig'inini BAAda o'tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets ushbu yig'inga 24 nafar futbolchini taklif etdi. Iroqliklar 12 yanvar kuni BAA milliy termasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushishadi. Mazkur bahs FIFA kunlarida o'tkazilmayotgani bois xalqaro reytinga ta’sir qilmaydi.

Ma'lumot uchun, qishki yig'inga Iroq termasi ustozi jamoa yetakchilarini taklif etmagan. Asosan milliy chempionatda to'p tepadigan futbolchilar xizmatidan foydalanib ko'riladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia