Iqbol Boboxonov faoliyatini Malayziya premer ligasida davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2016, 18:27
Malayziyadagi legionerlarimiz soni yana bittaga ortdi.

Gap shundaki, Iqbol Boboxonov kelgusi faoliyatini premer liga qatnashchisi, ATM klubida davom ettiradi. Bungacha “Andijon” sharafini himoya qilgan 27 yoshli futbolchi kuni-kecha Kuala-Lumpurga yetib bordi.

- Yaxshi bilasiz, davralar oralig'ida “Andijon” jamoasi bilan xayrlashgandim. Shundan so'ng Malayziya klubidan qiziqarli taklif bo'ldi. Agentlar va ATM klubi rasmiylari men bilan a'loqaga chiqishdi va o'zimni xorijda sinab ko'rish taklifini o'rtaga tashladi. Shunda o'ylanib o'tirmasdan, darhol Malayziyaga borish uchun kerakli hujjatlarni tayyorladim. Kuni-kecha Kuala-Lumpur shahriga yetib keldim va meni bu yerda klub vakillari iliq kutib oldi. Tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganimdan so'ng, shartnoma taklif etishdi.

- ATM klubidagi dastlabki taassurotlarim ijobiy, albatta. Nasib qilsa o'zimga bildirilgan ishonchni oqlab, jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman – deydi Iqbol Boboxonov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia