Iordaniyaga qarshi o'yinga MTJ 100% tayyor!

Nadirkhuja Yuldashev
10 sen 2013, 11:04
Mana, bir necha kundir-ki, MTJning mashg'ulotlarini kuzatib kelyapman.
Bu safargi mashg'ulotlar odatdagidan sal boshqacharoq bo'ldi. Yani, hamma emin-erkin ishladi. Vadim Abramov paytida terma jamoa mashg'ulotlarini birontasini qoldirmasligimga sabab menga hech qanday to'siq bo'lmas edi. Qolaversa, futbolchilar ham hazil-mutoyiba bilan mashg'ulotlarni o'tkazishardi. Bugunga kelib Qosimov mashg'ulotlarida ham shunday muhitni ko'rdim. Anchadan beri MTJda bunday fayzli mashg'ulot o'tkazilmagandi. Agar bundan keyingi mashug'lotlarimiz ham shunday ko'tarinki ruhda o'tadigan bo'lsa, o'yinimiz ham sayqallashib boraveradi. Futbolchilarning o'zaro munosabatlari a'lo darajada. Ayniqsa, so'nggi ikki kun davomida kechgan mashg'ulotlar qiziqarli o'tdi.

Anchadan beri standart vaziyatlardan gol urmayapmiz. Yakshanba va dushanba kunlari o'tkazilgan mashg'ulotlar mana shu kamchilikldar ustida ishlash bilan o'tdi. Dushanba kuni Vitaliy Denisov yordamida autdan to'pni jarima maydonchasining ichiga tashlash mashqi bajarildi va unda Bahodir Nasimovga to'pni yanada markazroqqa boshi bilan etkazishi lozimligi aytildi. Kecha esa bir necha marotaba burchak zarbasi amalga oshirildi. Shundan so'ng Mirjalol Qosimov futbolchilarga havodan kelayotgan to'plarga qanday zarba berish kerakligini ko'rsatib, uni asosiy tarkibda tushishi mumkin bo'lgan futbolchilarda sinadi. Natija chakki emas. Mashg'ulotlar yuqori kayfiyatda o'tishi uchun turli xil o'yinlar tashkil etildi. Natija chakki bo'lmadi, hammaning kayfiyati ko'tarildi.

Kechagi mashg'ulotlarda, ayniqsa, Sanjar Tursunov yuqori temp bilan harpkat qildi. Avvalgi o'yindan to'g'ri xulosa chiqargani shundoqqina ko'rinib turibdi. O'ylaymizki, 2012 yilgi o'yinlarda MTJga katta foydasi tekkan futbolchimiz yana o'z so'zini aytadi.



Murod Zuhurovda o'ziga bo'lgan ishonch ortgan. Buni mashg'ulotlardan ham payqash qiyin emas. Avvallari mashg'ulotlarda bir necha zarbalarni o'tkazib yuborar edi. Ammo birgina asosiy tarkibdagi o'yin uni o'ziga bo'lgan ishonchini orttirgan. Mashg'ulot so'ngida Server Jeparov bilan qolib, bir necha marotaba o'zini sinab oldi. O'z navbatida bu Jeparov uchun jarima tepish mashqi bo'ldi.



Bugun katta ehtimol bilan quyidagi tarkib maydonga tushadi.
Darvozabon: Murod Zuhurov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal Shorahmedov
Yarim himoyachilar: Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Server Jeparov, Sanjar Tursunov
Hujumchi: Bahodir Nasimov

Bugun biz g'alaba qozonamiz! Navbatdagi bosqichga chiqishimiz shart ekanligini hamma-hamma birdek his etib turibdi. Muxlislar stadionga! Chiptalar deysizmi? Ular o'z narxida, kassalarda!

Nodirxo'ja Yuldashev

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia