Bellashuv yaqinlashgani sari o'yinga doir har bir ma'lumot muxlislar e'tiboridan chetda qolmayapti. Bizda Nesterov, Musaev va Gadoevning maydonga tusha olmasligi ma'lum qilingandi. O'z navbatida Iordaniyada ham bazi yo'qotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Iordaniya terma jamoasi tayyorgarlikni ancha vaqtli boshlab yuborgan. Ular mahalliy chempionatda o'ynaydigan futbolchilar bilan mashg'ulotlarga allaqachon kirishganlar. Xorijda to'p tepayotgan o'yinchilar esa o'tgan hafta oxirida yig'inga kelib qo'shilishni boshlashgan. Lekin milliy terma jamoa sardori Bosim Fathi shaxsiy sabablarga ko'ra yig'inda ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan. Uning bu borada rasmiy xati yakshanba kuni o'qib eshittirilgan. Shuningdek, terma jamoada sodir bo'lgan bazi yo'qotishlar va jarohatlar ham sodir bo'lgan.
Oday Saifi va Ahmad Hael jarohat tufayli uchrashuvlarda qatnasha olmasliklari mumkin. Har ikki futbolchi Quvayt premer-ligasi bellashuvlarida jarohatga yo'liqishgan. Saifining qo'lini sindirib olgani ma'lum qilingan, Hael esa o'z klubi sanalgan “Al Arabi”o'yinida qoshini yorib olgan. Har ikki futbolchining O'zbekistonga qarshi bellashuvlarda qatnasha olmaligi ma'lum qilingan. Lekin ular shanba kuni kechqurun Shadi Abu Hashhash, Musab Al Laham, Abdulla Dib, Halil Bani Attiya va Said Murjan singari terma jamoa yig'iniga kelib qo'shilganlar. Yakshanba kunidan boshlab barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishlashga kirishishgan.
Shuningdek, Ruminiyaning “Gaz Metan” klubidan Iordaniya FAga xat kelgan. Unda Iordaniya terma jamoasiga nomzod futbolchi Tair Bavabni jarohatdan saqlash va klub taqvimiga moslashishida qiyinchilikka duch kelmasligi uchun ushbu yig'indan ozod qilish to'g'risida so'ralgan. Bu hujumchi yaqinda oyog'idan jarohat olgandi va endi safga qo'shilgan. Shu tariqa “Nashama”da yo'qotishlar birdaniga ortib ketdi.
Ushbu holatlar yuzasidan Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan fikrlarini bildirib o'tgan. Uning aytgan gaplari bilan tanishing:
- Bunday vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz. Murabbiylar shunday holatda o'sishga erishishadi. O'z ishimga bor e'tiborimni berishim shart. Jamoadagi futbolchilar esa o'zlarida mas'uliyat his qilishlari kerak. Muxlislar bizdan ijobiy natijalarni kutishadi. Har qanday holat yuz bermasin, biz oxirigacha kurashamiz. Jarohatlangan o'yinchilar va boshqa vaziyatlar haqida yakuniy qarorni keyin chiqaramiz. Eng muhimi, maydonga tushayotgan futbolchilar bor kuchi bilan Iordaniya sharafini himoya qilishga urinishlari shart. Ishtiyoqimiz avvalgidek qoladi. Mashg'ulotlarda ko'tarinki ruh bilan ishlashda davom etamiz. O'z navbatida milliy assotsiatsiyadan bu vaziyat borasida yordamni kutib qolaman. Ular jarohatlangan futbolchilar bo'yicha barchasini oydinlashtirishadi degan umiddaman.
Shuningdek, murabbiylar shtabi jarohat olgan har bir o'yinchining qanday holatda ekanligi, ularning jarohati qay darajada jiddiy ekanini tekshirib chiqishi, tashxis to'g'ri qo'yilganiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruvlar o'tkazilishi va futbolchilarning davolanishiga e'tibor qaratishini ta'kidlab o'tdi. Hussam qiyin vaziyatga qaramay, jamoa butun e'tiborini yaqinlashib kelayotgan bahslarga qaratishi, tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketayotgani, texnik va jismoniy tarafdan barcha o'yinchi uchrashuvlarga yuqori formada yetib borishiga ishonishini aytib o'tdi. Shu bilan birga yuzaga kelgan muammolardan norozi ekanligini yashirib ham o'tirmadi. Jahon chempionatiga yaqin turgan bir paytda bunday etiroz va bahonalarning bo'lishini asossiz deb baholadi.
Behzod NAZAROV.