Inzagi 5ta g'alabali seriyadan so'ng: "Inter" har bir turnirda g'olib chiqmoqchi"

Aslanov Jasurbek
7 may 2023, 00:45
Simone Inzagi zich taqvim bo'lishiga qaramay "Inter"ni muvaffaqiyatli o'yini uchun maqtadi.

Milanliklar bugun "Roma"ni 2:0 hisobida taslim etishdi.

"Biz shunday o'yinni kutgandik. Kuchli jamoaga qarshi qiyin o'yin bo'ldi.

1 apreldan beri tinmayotgan futbolchilarimizni bag'rimizga bosib qo'yishimiz kerak. Katta kuch sarflayapmiz, chunki biz "Inter"miz va har bir turnirda g'olib chiqishni istaymiz.

Yanvar oyigacha hujumchi va yarim himoyachi tanlash imkonim deyarli yo'q edi. Hozir himoyachilar bilan muammo bor, biroq menda tanlash imkoniyati mavjud.

Biz mavsumning bu qismiga yaxshi formada bo'lishga harakat qildik, ammo Chempionlar ligasi yarim finali va Italiya Kubogi finaliga yetib kelamiz deb o'ylamagandik. Jamoada o'z ishini mehr bilan bajaradiganlar etarlicha.

Mavsum davomida quloqni berkitib, bazi gaplardan uzoqroq bo'lishga to'g'ri keldi" - deydi "Inter" bosh murabbiyi.

"Nerazzurilar" so'nggi 5ta o'yinda umumiy 15:1 hisobida g'alabaga erishishdi. Ular Chempionlar ligasi yarim finalida "Milan" bilan to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia