"Inter"ning asosiy maqsadi - "yangi Pirlo"

Alisher
13 may 2020
"Inter" "Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida qaramoqda.

Muzokaralarda Milan klubiga bosh direktor Beppe Marottaning "Breshia" prezidenti Massimo Chellino bilan yaxshi munosabatlari yordam berishi kerak.

Ammo, har qanday holatda ham "Inter"ni jiddiy raqobatchi kutmoqda. 20 yoshli xavbekka "Yuventus" klubi qiziqmoqda.

Futbolchiga shuningdek "Barselona" ham befarq emas. Ammo, "yangi Pirlo" A Seriyada qolmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com