"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen kelasi hafta jamoaga qaytadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021, 20:04
Qaytib kelganidan keyin u tibbiy tekshiruvdan o'tishi kerak.

Klub futbolchining 12 iyun kungi yurak xurujiga nima sabab bo'lganini aniqlamoqchi. Tekshiruvdan so'ng daniyaliklar A Seriyada o'ynashni davom ettira oladimi yoki yo'qmi, aniq bo'ladi.

Avvalroq Eriksen Italiya chempionatida yurak stimulyatori bilan o'ynay olmasligi haqida xabar berilgandi. 

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2020 yilda "Tottenxem"dan "Inter"ga 27 million evro evaziga o'tgandi. O'tgan mavsumda u A Seriyaning 26 uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia