

"Inter" rasmiy sayti "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovich ijaraga olinganini e'lon qildi.
Shartnoma 1 mavsumga tuzilgan. Agar ma'lum shartlar bajarilsa, "neradzurri" sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
34 yoshli hujumchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 1 ta golga assistentlik qildi.



