“Inter” yana bir transferni hal etdi

6 fev 2020, 08:32
“Verona” himoyachisi Marash Kumbulla “Inter”ga o'tishga rozilik berdi.

Ushbu transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda. Biroq “Inter” hali “Verona”ning o'zi bilan Kumbulla transferini hal etmagan. Faqat futbolchi va Milan klubi kelishuvga erishgan. Albaniyalik 19 yoshli himoyachi “Manchester Yunayted” hamda “Napoli”ning qiziqayotganligi haqida xabarlar bor. “Verona” bo'lsa, Kumbulla transferidan kamida 30 mln evro ishlab olishni xohlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fedenerazzurra.net