“Inter” va “Roma” Starrijni 2 mln evroga ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 09:31
“Roma” klubi ham “Liverpul” hujumchisi Deniel Starrij uchun kurashga qo'shildi.

Angliyalik 28 yoshli futbolchiga “Roma”dan tashqari Italiyaning yana bir jamoasi “Inter” ham qiziqish bildirmoqda. Rimliklar Danielga “Chelsi”ga o'tishga yaqin turgan Edin Jekoga zaxira sifatida qarashmoqda. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Starrijning o'zi “Inter”ga o'tishga o'z roziligini bergan. “Liverpul” futbolchini yarim yilga 2 million evro evaziga ijaraga berishga tayyor. Muddat yakunlanganidan so'ng Starrijni taxminan 20-30 mln evroga sotib olish mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif