"Inter" va "Roma" "Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ko'klar 27 yoshli futbolchi uchun bildirilgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Kuadradoning o'yini Joze Mourinyoni hayron qoldirgani yo'q. Kolumbiyalik futbolchi "Chelsi"ning safida bor-yo'g'i 4ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.