“Inter” va “Milan” Mateo Kovachich uchun kurashadi

Kovachich Italiyaga qaytishi mumkin.

Avvalroq “Real” a'zosi Mateo Kovachichga “Roma” qiziqayotganligi ma'lum qilingan edi. Endi esa Mateoga Milanning ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, “Inter” va “Milan” ham yozda Kovachichni o'z safiga qo'shib olish uchun kurash olib boradi.

“Inter” qishki transfer vaqtida Kovachich borasida “Real”ga so'rov yuborgan, ammo “Qirollik klubi” rad javobini bergan edi.


Manba: Football Italia