"Inter" va "Manchester Yunayted" futbolchi almashishlari mumkin

Mirjalol Normatov
16 sen 2018, 11:11
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida Antoni Marsyalni qo'yib yubormagandi.

Biroq uning poziciyasi yanvar oyida o'zgarishi mumkin. Qishda fransiyalikni "Inter" ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Daily Star" xabar beradi.

Bu holatga "Manchester Yunayted" ham rozi bo'lishi kutilmoqda. Shu orqali jamoa Ivan Perishichni o'ziga olib keladi. O'tgan yili MYU xorvatiyalikni o'z safiga qo'shyib olmoqchi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star