"Inter" sport direktori Modrich transferi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 15:17
"Inter" sport direktori Pero Ausilio klubdagi skautlik ishi va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichning nerazzurlarga transferi haqida gapirdi.

"Bizda kuchli tarkib bor. Hozir yangi futbolchilarni qidiryapmiz. Kelajakda olinadigan o'yinchilar jamoaning kamchiliklarini to'ldirishiga ishonchim komil.

Yanvarda Modrichning transferi imkonsiz. Bizning asosiy maqsadimiz - sifatli futbolchi xarid qilish" - deydi Ausilio.

Eslatib o'tamiz, "Inter" yozda Modrichni xarid qilishga uringan edi, ammo "Real" prezidenti Florentino Peres xorvatni sotishdan bosh tortdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo