"Inter" sobiq ustozi Maccarri "Kalyari"da ish boshladi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2021
Italiya klubi rahbariyati Leonardo Semplichi o'rniga boshqa mutaxassis topdi.

"Kalyari" matbuot xizmatiga ko'ra, shartnoma 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti.

Alohida aytish joiz, Valter Maccarri ushbu lavozimda A Seriya 3-turidan keyin ishdan bo'shatilgan Leonardo Semplichini almashtiradi. 

Ayni paytda "Kalyari" Italiya chempionatida 17-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cagliaricalcio.com