"Inter" Perishich ketsa, ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi

Alisher
26 mar 2022, 17:38
"Inter" Ivan Perishich bilan shartnomani uzaytira olmasa, "Anderlext" yarim himoyachisi Serxio Gomesni xarid qilishga urinib ko'radi.

"Inter" xorvatiyalik futbolchiga bir mavsum uchun 5 million evro miqdorida maosh taklif qilmoqda, tomonlar kelishuvga erisha olishmayapti.

Agar yangi bitim imzolanmasa, "Inter" o'z e'tiborini "Anderlext"da o'ynayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Serxio Gomesga qaratadi.

Gomes joriy mavsum Belgiya oliy ligasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport