"Inter" Pavar transferini hal qildi

Omonjon To`xtamirzayev
23 avg 2023
"Bavariya" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Shu kunlarda futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. Transfer summasi 30 million evro + 2-3 million evro bonusni tashkil qiladi.

Pavar "Bavariya" safida 2019 yildan buyon harakat qiladi. Myunxenliklar libosida u 163 ta o'yinda maydonga tushdi, 12 ta gol urdi va 12 golli uzatma etkazib berdi, 24 ta kartochka (23 sariq va 1 qizil). O'tgan mavsum fransiyalik 43 ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 8 ball jamg'argan (7 ta gol va 1 ta assist) va 10 ta sariq kartochka ishlab oldi. 

"Transfermarkt" portali 27 yoshli himoyachi transferini 40 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal