"Inter" o'z yetakchilariga yangi shartnomalar tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021, 20:08
Milanning "Inter" klubi jamoaning yetakchi futbolchilari bilan yangi kelishuv tuzish niyatida.

Manbaga ko'ra, klubning maqsadi – Lautaro Martines, Nikolo Barella va Marcelo Brozovich bilan shartnomani uzaytirish.

Argentinalikning "neradzurrilar" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilgacha amal qilsa, italiyalikniki 2024, xorvatiyalikniki esa 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano